Bugun 24 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Krishtianu Ronalduning o‘g‘li katta yoshli model bilan munosabatda gumon qilinmoqda

Krishtianu Ronalduning o‘g‘li katta yoshli model bilan munosabatda gumon qilinmoqda

OAVda Krishtianu Ronalduning o‘g‘li — Krishtianu Ronaldu-kichikning shaxsiy hayoti haqida ma’lumotlar tarqaldi.

Xorijiy manbalarga ko‘ra, 15 yoshli futbolchi 27 yoshli braziliyalik model bilan munosabatda bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. Bu haqda turli insayder manbalar xabar bergan.

Ma’lum qilinishicha, ular Dubaydagi restoranlardan birida tanishgan bo‘lishi mumkin. Tvitterdagi manbalarga ko‘ra, aynan yosh futbolchi tanishuvda tashabbus ko‘rsatgan va shundan so‘ng ular o‘rtasida muloqot boshlangan.

Shu bilan birga, mazkur ma’lumotlar rasmiy tasdiqlanmaganini ta’kidlash joiz.

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu-kichik Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubi U-17 jamoasida to‘p suradi, shuningdek, Portugaliya o‘smirlar terma jamoasiga ham jalb etilgan. U milliy jamoa safida 6 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urgan.

Kiritildi: Bugun 08:59. O'qildi: 703 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!