AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Davlat Dumasi delegasiyasining Vashingtonga tashrifi munosabati bilan AQSh va Rossiya o‘rtasidagi muloqotni davom ettirish muhimligini ta’kidladi.
Rubio bu bayonotni Fransiyada bo‘lib o‘tgan G7 tashqi ishlar vazirlari uchrashuvidan keyin qilgan.
"Rossiya qudratli yadroviy davlat bo‘lib qolmoqda va yadroviy davlatlar uchun o‘zaro aloqani saqlab qolish muhim", deb ta’kidladi Rubio.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya delegasiyasining tashrifi oldindan rejalashtirilgan edi va faqat zarur ruxsatni olgan parlament a’zolariga AQShga kirishga ruxsat berildi.
"Men buni muhim imtiyoz deb hisoblamayman", deb ta’kidladi AQSh Davlat kotibi.