Bugun 25 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

Evropadagi legionerimiz faoliyati hali boshlanmay tugadimi?

Evropadagi legionerimiz faoliyati hali boshlanmay tugadimi?

Namanganlik tajribali futbolchi Abdug‘ani Kamolov yanvar oyida Kosovoga yo‘l olib, ushbu mamlakatning “Ferizay” klubi bilan yarim yillik shartnoma imzolagan edi.

Shu tariqa, Kamolov Kosovo chempionatida to‘p tepgan birinchi o‘zbek futbolchisi bo‘lish imkoniyaga ega bo‘lgandi. Mana oradan uch oy o‘tsa hamki, 26 yoshli legionerimiz Yevropa mamlakati ligasida debyutini nishonlagani yo‘q.

Eurasia Football nashri ushbu vaziyatga oydinlik kiritdi.

Manbaning qayd etishicha, Futbolchining agenti Amil Shukalo mijozi Abdug‘ani Kamolov “Ferizay” bilan yanvar oyidayoq shartnoma imzolagan va rasman ro‘yxatdan o‘tganini biroq jamoaga qo‘shila olmaganini ma’lum qilgan.

Sababi — viza jarayoni cho‘zilib ketgan. O‘zbekiston fuqarolari Kosovoda ishlash uchun ruxsatnoma olishi kerak va bu jarayon kutilganidan ko‘ra ko‘proq vaqt olgan.

Shukaloning so‘zlariga ko‘ra, shartnomani o‘zaro kelishuv asosida bekor qilish varianti ham ko‘rib chiqilgan, ammo aksariyat mamlakatlarda transfer oynasi yopilgani sababli bu ish ham amalga oshirilmadi.

- O‘zbekiston fuqarolari Kosovoda ishlash uchun ruxsatnoma olish maqsadida viza jarayonidan o‘tishi kerak va ma’muriy sabablar tufayli bu jarayon kutilganidan ham ko‘proq cho‘zildi. Shuning uchun futbolchi jamoaga qo‘shila olmadi, - deyiladi ma’lumotda.

Kamolovning “Ferizay” bilan shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo‘ljallangan. U tugagach, futbolchi faoliyatini davom ettirish uchun yangi variantlarni ko‘rib chiqishi mumkin.

Abdug‘ani Kamolov Namanganda tug‘ilgan bo‘lsa-da, “Bunyodkor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Chap qanot o‘yinchisi sifatida shakllangan Kamolov 2020-2025 yillar davomida O‘zbekistonda faoliyat yuritib, “Metallurg Bekobod”, “Andijon”, “Turon”, “Sho‘rtan” va “Navbahor” jamoalarida to‘p surgan.

2025 yilda Abdug‘ani Qirg‘iziston chempionatiga ko‘chib o‘tdi: avval “Abdish-Ota” jamoasida o‘ynadi, keyin “Bishkek Siti”da to‘p tepdi. Har ikki jamoada ham asosiy o‘yinchilardan biri bo‘lgan. “Abdish-Ota” jamoasi tarkibida Qirg‘iziston Superkubogi sohibi bo‘lgan.

Vaziyat taqozosi bilan Abdug‘ani Kamolov yozda yana o‘ziga yangi jamoa topishi talab etiladi.

Kiritildi: Bugun 12:48. O'qildi: 542 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!