Milliarder X ijtimoiy tarmog‘ida AQSh Mustaqillik kuni munosabati bilan Amerika partiyasini tuzish zarurati haqida so‘rovnoma o‘tkazdi.
"Ikki partiyali (ba’zilar buni bir partiyali tizim deb ataydi) tizimdan mustaqil bo‘lishni xohlaysizmi?", — deb yozdi Mask.
Hozircha so‘rovnomada qatnashganlarning 60 foizdan ortig‘i "ha" deb ovoz bergan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mask o‘z partiyasini tuzish niyatini bildirganida, Tramp uni keskin tanqid qilgan edi.