Bugun 5 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

Mask Trampning saylovoldi kampaniyasiga 260 million dollar sarflagani ma’lum bo‘ldi

Mask Trampning saylovoldi kampaniyasiga 260 million dollar sarflagani ma’lum bo‘ldi

SpaceX asoschisi Ilon Mask AQSh prezidentligi uchun poyga paytida Donald Trampning Oq uyga qaytishiga yordam berish uchun kamida 260 million dollar sarfladi.

Bu haqda Federal saylov komissiyasi hujjatlariga asoslanib, CNN telekompaniyasi xabar berdi.

Nashrning qayd etishicha, SpaceX asoschisi prezidentlik kampaniyasining eng yirik siyosiy donorlaridan biriga aylandi va bu yilgi saylov natijalariga katta ta’sir ko‘rsatdi.

AQShning saylangan prezidenti Tramp avvalroq Mask va biznesmen Vivek Ramasvami hukumat samaradorligini oshirish va byurokratiyaga qarshi kurashishga qaratilgan yangi departamentga rahbarlik qilishini ma’lum qilgan edi. Trampning ta’kidlashicha, yangi organ Oq uy va uning boshqaruv va byudjet bo‘limi bilan hamkorlikda keng ko‘lamli tarkibiy islohotni amalga oshiradi.

Kiritildi: 11:14 06.12.2024. O'qildi: 929 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!