Bugun 19 oktyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Mask Trampga Ukraina armiyasi uchun sun’iy yo‘ldosh aloqasini cheklashni shaxsan taklif qilgan

Mask Trampga Ukraina armiyasi uchun sun’iy yo‘ldosh aloqasini cheklashni shaxsan taklif qilgan

Mask Trampga Ukraina armiyasi uchun sun’iy yo‘ldosh aloqasini cheklashni shaxsan taklif qilgan — The Telegraph.

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask AQSh prezidenti Donald Trampga Ukraina armiyasi foydalanayotgan Starshield harbiy sun’iy yo‘ldosh tizimi tezligini cheklashni shaxsan taklif qilgan. Bu haqda Buyuk Britaniyaning The Telegraph gazetasi xabar berdi.

Nashr manbalariga ko‘ra, Tramp ushbu taklifni ma’qullaganidan so‘ng Pentagon tizim faoliyatiga cheklovlar kiritgan.

Muhokamalardan xabardor bo‘lgan to‘rt nafar manbaning ta’kidlashicha, bu voqea Vashington va Kiyev o‘rtasida Ukraina tomonining Rossiya neftini qayta ishlash zavodlariga bergan zarbalari yuzasidan kelishmovchiliklar kuchaygan paytda sodir bo‘lgan.

Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh rasmiylari Ukrainaga bunday hujumlar to‘xtatilmasa, Vashington razvedka ma’lumotlarini almashish va boshqa yordam turlarini to‘xtatishi mumkinligidan ogohlantirgan.

Xabarda aytilishicha, kiritilgan cheklovlar Starshield tizimiga ulangan dronlar tezligini soatiga taxminan 160 kilometrgacha pasaytirgan. Bu esa tezligi bundan qariyb ikki baravar yuqori bo‘lishi mumkin bo‘lgan Rossiya reaktiv dronlari va raketalarini tutib qolishni qiyinlashtirgan.

Oq uy Tramp tizim faoliyatini shaxsan cheklashni so‘ragani haqidagi ma’lumotni rad etdi. Mask ham o‘ziga nisbatan bildirilgan ayblovlarni inkor qildi.

Tadbirkorning ta’kidlashicha, Starshield AQSh hukumatiga tegishli bo‘lib, tizimdan foydalanish va uning tezligiga doir cheklovlarni Amerika harbiylari, yakuniy qarorni esa prezident belgilaydi.

Biroq The Telegraph bilan suhbatlashgan yuqori martabali manbalarning ta’kidlashicha, qaror qabul qilinishida Mask ham, Tramp ma’muriyati ham ishtirok etgan.


Kiritildi: 20:52 17.10.2026. O'qildi: 1126 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!