Marko Rubio dunyoda inqirozlar avj olgan paytda nega O‘zbekistonga borishga qaror qilganiga izoh berdi
“Bilasizmi, odatda biror davlatga inqiroz yoki muammo yuz bergani uchun yoxud konferensiyada qatnashish maqsadida boriladi. Ammo shunday davlatlar borki, ular bilan munosabatlarimizni rivojlantirish uchun borishni istaymiz. Bir necha hafta oldin Gresiya va boshqa davlatlarga qilgan safarlarimiz shular jumlasidandir. Bu tashrifdan bir necha hafta oldin Lotin Amerikasiga bordik, endi esa Markaziy Osiyoga bormoqdamiz”, dedi u.
Aynidamda AQSh davlat kotibi Marko Rubio rafiqasi bilan Samarqandga yetib keldi.
Qo‘shma Shtatlar Davlat departamenti rahbarini Prezident administrasiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Rubio AQSh hamda Markaziy Osiyo tashqi ishlar vazirlarining C5+1 formatidagi uchrashuvida ishtirok etadi.