Bugun 3 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Mask Tramp ma’muriyatiga qaytmoqda, u kelajak urushlari dasturi ustida ishlaydi

Mask Tramp ma’muriyatiga qaytmoqda, u kelajak urushlari dasturi ustida ishlaydi



Amerikalik milliarder Ilon Mask Donald Tramp ma’muriyatida yangi vazifani o‘z zimmasiga olmoqda, Pentagonga AQSh qo‘shinlariga kelajak urushlarini olib borish uchun qanday qurol va texnologiyalar kerak bo‘lishini aniqlashda yordam beradi. Bu haqda Fox News xabar berdi.

AQSh Urush vaziri Pit Hegset Meridian loyihasi – Pentagonning bo‘lajak urush frontlari va zarur imkoniyatlarni aniqlash bo‘yicha tashabbusi boshlanganini e’lon qilgan. Majkur loyihaga urush vaziri o‘rinbosari Emil Maykl rahbarligi ostida SpaceX asoschisi Ilon Mask, Anduril asoschisi Palmer Laki va Vakillar palatasining sobiq spikeri Nyut Gingrich jalb etilgan.

Hegsetning so‘zlariga ko‘ra, guruh 120 kun davomida “urushlar, hududlar va texnologiyalar trayektoriyasini loyihalashtiradi”, shundan so‘ng xulosalar ommaviy ravishda taqdim etiladi va maxfiy ilova yaratiladi. Pentagon rahbari loyiha ko‘lamini “Er qa’ridan to Oygacha” qamrab oluvchi deb ta’riflagan.

Qayd etish joizki, Ilon Mask Donald Tramp prezidentlik lavozimiga qaytganida uning atrofidagi eng ta’sirli shaxslardan biri hisoblanar edi. Tadbirokor bir necha oy davomida hukumat ishini maqbullashtirish departamentiga (DOGE) rahbarlik qildi, biroq ko‘p o‘tmay u va Tramp o‘rtasida nizo kelib chiqdi. Shundan so‘ng Mask Tramp ma’muriyatini tark etdi.

2026 yilning yozida Amerika ommaviy axborot vositalari Tramp va Maskning munosabatlari qayta tiklagani haqida yozdi. Xabar qilinishicha, milliarder Kongressga saylovlar oldidan Respublikachilar partiyasini moliyalashtirishni qayta boshlagan.

Kiritildi: 19:06 02.10.2026. O'qildi: 356 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!