Starlink sun’iy yo‘ldosh internet tizimlari Ukrainadagi terminallarini hech qachon o‘chirmaydi. Bu haqda amerikalik tadbirkor Ilon Mask ma’lum qildi.
"Ukraina siyosatidan qanchalik norozi bo‘lishimdan qat’i nazar, Starlink hech qachon o‘z terminallarini o‘chirmaydi... Biz hech qachon bunday qilmagan bo‘lardik va uni mayda tanga sifatida ishlatmagan bo‘lardik," - deya ta’kidladi u X ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntida.