«Avtotransport vositalaridan foydalanishda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qaroriga ko‘ra:
Jismoniy shaxslarga tegishli ishlab chiqarilganiga 10 yilgacha bo‘lgan yengil avtomototransportlar texnik ko‘rikdan ixtiyoriy ravishda o‘tkaziladi;
Engil avtomototransportlar (tijorat asosida yo‘lovchilar tashish faoliyatida foydalaniladigan yengil avtomototransportlar bundan mustasno) quyidagi muddatlarda majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi:
ishlab chiqarilganiga 11 yildan 14 yilgacha bo‘lgan yengil avtomototransportlar – 2 yilda bir marta;
ishlab chiqarilganiga 15 yil va undan ortiq bo‘lgan yengil avtomototransportlar – 1 yilda bir marta.