Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Mashhur nemis futbolchisiga Saudiyada yiliga 100 million yevro to‘lashga tayyor klub bor

Mashhur nemis futbolchisiga Saudiyada yiliga 100 million yevro to‘lashga tayyor klub bor

Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi «Bavariya» hujumchisi Xarri Keynga yiliga 100 million yevro maosh taklif qilgani haqida Germaniyaning nufuzli nashri Bild xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, saudiyaliklar «Bavariya» va Angliya terma jamoasi forvardi bilan umumiy qiymati 300 million yevro bo‘lgan uch yillik shartnoma tuzishga tayyor.

32 yoshli Keyn 2023 yilda ham Yaqin Sharq klublaridan kelgan takliflarni rad etgan edi, ammo ingliz hujumchisi bu safargi taklifni kelasi yozda ko‘rib chiqishi mumkin.

Keyn 2023 yil yozida «Tottenhem»dan «Bavariya»ga o‘tgan. Shu vaqt ichida u barcha musobaqalarda 106 ta o‘yinda maydonga tushib, 103 ta gol urgan va 29 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha myunxenliklar bilan amal qiladi. "Transfermarkt" portali ma’lumotlariga ko‘ra, Keyning bozor qiymati 75 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 09:07 05.10.2025. O'qildi: 1123 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!