Bugun 3 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Marselo va Kasilyas «Barselona»dan uchralgan sharmandali mag‘lubiyat oqshomini yodga olishdi

Marselo va Kasilyas «Barselona»dan uchralgan sharmandali mag‘lubiyat oqshomini yodga olishdi

Kataloniyaning "Barselona" klubi 2010/2011 yilgi La Liga mavsumi 13-turida o‘z maydonida "Real"ni tor-mor keltirgan edi - 5:0.

Ushbu o‘yin haqida "qirollik klubi"ning ikki afsonaviy futbolchilari Marselo va Iker Kasilyas suhbat qurishdi.

Kasilyas: «Faoliyatingizdagi eng qiyin o‘yin qaysi bo‘lgan?»

Marcelo: «2010 yilda "Kamp Nou"da "Barsa"ga qarshi 5:0 hisobidagi mag‘lubiyat. Xudoyim, o‘sha kuni xuddi ko‘zimiz bog‘langandek edi — to‘pni ham ko‘ra olmasdik

Ichimda: Nima bo‘lyapti o‘zi?deb o‘ylaganman. Xavi, Inyesta, Messi, Pedro — hammasi maydonda edi!»

Kasilyas: «Biz tarixdagi eng kuchli "Barsa" qarshi o‘ynagandik».

Marcelo: «Pedro. Ko‘pchilik uni eslamaydi, lekin u juda kuchli edi».

Kasilyas: «Haqiqatan ham super jamoa edi».

Kiritildi: 15:42 15.12.2025. O'qildi: 1094 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!