Bugun 5 oktyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Marokash va Madagaskarni keng ko‘lamli namoyishlar qamrab oldi — AFP

Marokash va Madagaskarni keng ko‘lamli namoyishlar qamrab oldi — AFP

Agentlik xabariga ko‘ra, har ikkala mamlakatdagi mitinglar deyarli bir haftadan beri davom etmoqda. Ommaviy axborot vositalari ularni “Z-avlodi namoyishlari” deb atamoqda, bu Nepalda yaqinda bo‘lib o‘tgan hukumatga qarshi namoyishlarga o‘xshash bo‘lib, unda ham asosiy harakatlantiruvchi kuch yoshlar bo‘lgan.

"Madagaskardagi namoyishchilar mamlakatda samarali boshqaruvning yo‘qligi, shuningdek, suv hamda elektr ta’minotidagi uzilishlarga qarshi chiqmoqda. Namoyishlar davomida kamida 22 kishi halok bo‘lgan, taxminan yuzga yaqin odam jarohat olgan", deya yozmoqda AFP.

Keng ko‘lamli namoyishlar fonida Madagaskar prezidenti Andri Radzuelina hukumatni tarqatib yuborish to‘g‘risida farmon chiqargan.

Namoyishchilarning vakillari AFP bilan suhbatda “hukumatning ketishi yetarli emasligini” ta’kidlab, talablar orasida mamlakatni 2009 yildan beri boshqarib kelayotgan prezidentning iste’fosi ham borligini bildirishdi.

AFP'ning qayd etishicha, Marokashdagi noroziliklar ham tobora kuchayib bormoqda. Namoyishchilar mamlakatda ta’lim va sog‘liqni saqlash sifatini yaxshilashni talab qiilmoqda. Ularning fikricha, hukumat ijtimoiy sohalar o‘rniga 2030 yilda futbol bo‘yicha jahon chempionatini o‘tkazishga tayyorgarlik uchun katta mablag‘ sarflamoqda. Bundan tashqari, namoyishchilar Marokashda korrupsiyaga barham berishni talab qilmoqda.

"1 oktyabr kuni polisiya mamlakat janubidagi Leklya shahrida mahkama bo‘limiga bostirib kirishga uringan namoyishchilarga qarata o‘t ochdi. Natijada 2 kishi halok bo‘ldi. Marokash Ichki ishlar vazirligi namoyishlarda taxminan 400 kishi hibsga olinganini, 300 ga yaqin odam jarohat olganini bildirgan", deya yozmoqda AFP.

Kiritildi: 19:35 02.10.2025. O'qildi: 640 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!