Bugun 25 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

Marokash terma jamoasi JCH-2026 boshlanishiga oz qolganda murabbiysiz qoldi

Marokash terma jamoasi JCH-2026 boshlanishiga oz qolganda murabbiysiz qoldi

Marokash terma jamoasi ustozi Valid Regragi egallab turgan lavozimidan iste’foga chiqish uchun ariza berdi. Bu haqda «RMC Sport» jurnalistlari xabar bermoqda. Ayni damda tomonlar hamkorlikni muddatidan avval to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar olib borishmoqda.

50 yoshli mutaxassis faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirishi mumkin, u yerda bir yo‘la bir nechta klublar uning xizmatiga qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Marokash terma jamoasi bo‘lajak JCH–2026 musobaqasida ishtirok etadi. Mundial Shimoliy Amerikada — AQSH, Meksika va Kanada stadionlarida bo‘lib o‘tadi.

Nufuzli turnirning guruh bosqichida marokashliklarga Braziliya, Gaiti va Shotlandiya terma jamoalari raqiblik qiladi.

Kiritildi: Bugun 13:22. O'qildi: 250 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!