Sho‘rchi dehqon bozori. Odamlar ko‘z o‘ngida qotillik yuz berdi: yonma-yon joylashgan oshxona egalarining janjali o‘lim bilan tugadi. Ikki erkak yoqalasharkan, birining jiyani kabob sixini olib chiqib, tog‘asi bilan mushtlashayotganning orqa kuragiga sanchdi va uni o‘ldirdi.
Sud tog‘ani 15,5, jiyanni 9,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
Apellyasiya sudi esa qasddan odam o‘ldirish jinoyatini bezorilik va qasddan badanga og‘ir shikast yetkazishga o‘zgartirib, jazoni yengillashtirdi.
Shu tariqa bir odamni kabob sixi sanchib o‘ldirgan jiyanning ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq jazo muddati 9,5 yildan 7 yilga, tog‘aniki esa 15,5 yildan 5 yilga tushirilgan.
Marhumning yaqinlari buni adolatsizlik deb hisoblamoqda.