Bugun 25 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

Katta yo‘qotishlar Rossiyaning yirik hujum rejalariga to‘sqinlik qilmoqda

Katta yo‘qotishlar Rossiyaning yirik hujum rejalariga to‘sqinlik qilmoqda

Bloomberg xabariga ko‘ra, frontdagi katta yo‘qotishlar Rossiyaga keng ko‘lamli hujum tayyorlash imkonini cheklamoqda.

G‘arb amaldorlari ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi uch oy davomida jangovar yo‘qotishlar safarbar etilganlar sonidan oshib ketgan — oyiga taxminan 30–35 ming nafar.

Moskva rasmiy ravishda aniq raqamlarni oshkor etmayapti. Manbalarga ko‘ra, asosiy e’tibor yirik to‘lovlar evaziga shartnoma asosida xizmatga jalb etilayotganlar va xorijliklarga qaratilgan. Gap taxminan 17 ming nafar shimoliy koreyalik, shuningdek Hindiston, Pokiston, Nepal, Kuba, Nigeriya va Senegaldan yollanganlar haqida bormoqda.

Ehtimoliy hujum yo‘nalishlari sifatida Donesk viloyatidagi «qal’alar kamari» hamda Zaporojye hududi tilga olinmoqda.

Kiritildi: 21:50 24.02.2026. O'qildi: 679 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!