Bugun 24 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

Migrantlarga nisbatan navbatdagi reyd: “o‘rdak yurish” amaliyoti yana qo‘llanildi

Migrantlarga nisbatan navbatdagi reyd: “o‘rdak yurish” amaliyoti yana qo‘llanildi

Rossiyaning Volgograd viloyati Ilovlinskiy tumanida o‘tkazilgan reyd chog‘ida 34 nafar O‘zbekiston fuqarosi bir xil manzilda ro‘yxatdan o‘tgani, ammo amalda boshqa joyda yashagani aniqlangan.

Biroq ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan kadrlarda migrantlarning “o‘rdak yurish” usulida harakatlantirilgani ko‘rinadi. Bu esa inson sha’ni va qadr-qimmatiga nisbatan munosabat masalasini yana kun tartibiga olib chiqdi.

Albatta, qonun talablari barcha uchun bir xil. Soxta ro‘yxatdan o‘tish jinoyat hisoblanadi. Ammo nazorat tadbirlari inson huquqlarini kamsitmaydigan shaklda o‘tkazilishi lozim.

Kiritildi: Bugun 19:37. O'qildi: 609 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!