❗️Toshkent viloyati Qibray tumani hokimining tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va qambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha mahalla fuqarolar yig‘inlaridan biridagi yordamchisi MFY binosi yonida joylashgan va davlat zaxirasida bo‘lgan 4 sotix yer maydonini hokimlikda ishlovchi tanishlari yordamida arxiv hujjatlariga soxta ma’lumotlar kiritish orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 50 ming AQSh dollari talab qiladi.
🔴 Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u so‘ralgan pul mablag‘idan 10 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
⚖️ Holat yuzasidan hokim yordamchisiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.