Dunyodagi eng ko‘p data-markazlar AQShda joylashgan.
Data-markazlar striming xizmatlari va bulutli saqlash tizimlaridan tortib, butun sohalarni o‘zgartirayotgan sun’iy intellekt (SI) tizimlarigacha bo‘lgan barcha raqamli xizmatlarning ishlashini ta’minlaydi.
Data Center Map ma’lumotlarga ko‘ra, AQShda 3960 ta data-markaz mavjud, bu ko‘rsatkich keyingi 14 ta davlatga teng yoki undan ham ko‘p.
Bunday ustunlik yetakchi bulutli xizmat ko‘rsatuvchilar va texnologik kompaniyalarning yirik sarmoyalari bilan izohlanadi. Ko‘p yillik investisiyalar natijasida jahondagi bulutli quvvatlar va sun’iy intellekt infratuzilmasining katta qismi aynan AQShda jamlangan.
Evropa mamlakatlari ham data-markazlar konsentrasiyasi bo‘yicha jahonda muhim o‘rinlarni egallaydi. Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya har biri yuzlab ob’ektlarga ega. Bu davlatlar internet almashinuvining muhim tugunlari va xalqaro bulutli hamda IT xizmatlarini joylashtirish markazlari hisoblanadi. Niderlandiya, Ispaniya va Shvesiya ham data-markaz infratuzilmasi rivojlangan davlatlar qatoriga kiradi.
Osiyo mintaqasi esa tez sur’atlarda o‘smoqda — bu yerda Xitoy, Yaponiya va Hindiston yetakchilik qilmoqda. Raqamli xizmatlarga talabning o‘sishi va bulut texnologiyalarining faol joriy etilishi yirik Osiyo bozorlarida infratuzilmaning yanada kengayishiga turtki bermoqda.