Bugun 24 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

AQShning birinchi yirik kompaniyasi Tramp joriy etgan bojlarga to‘langan mablag‘lar qaytarilishini talab qildi

AQShning birinchi yirik kompaniyasi Tramp joriy etgan bojlarga to‘langan mablag‘lar qaytarilishini talab qildi

FedEx logistika kompaniyasi AQSh Xalqaro savdo sudiga Tramp ma’muriyatiga qarshi da’vo arizasi kiritib, prezident aprel oyida Xalqaro favqulodda iqtisodiy vakolatlar to‘g‘risidagi qonun (IEEPA) asosida joriy etgan boj to‘lovlarining to‘liq qaytarilishini so‘radi.

20 fevral kuni AQSh Oliy sudi prezident Donald Trampning IEEPA qonuni bo‘yicha boj joriy etish vakolatlari yetarli emasligini tasdiqladi va u tomonidan belgilangan bojlar noqonuniy, degan qarorga keldi. Biroq Oliy sud hukumat bojlar hisobidan olingan daromadlarni qaytarishi haqidagi masalani ko‘rib chiqmadi.

Tramp bu qarorni "sharmandali" deb atadi hamda Oliy sud "chet el manfaatlari ta’siri ostida" ekanini bildirdi. AQSh moliya vaziri Skott Bessent sud qaroridan so‘ng yaqin vaqt ichida mablag‘larni qaytarish ehtimoli past ekanini ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 17:47. O'qildi: 611 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!