Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Markazlashgan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun to‘lovlar tizimi o‘zgarishi mumkin

Markazlashgan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun to‘lovlar tizimi o‘zgarishi mumkin

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida prezidentning «Issiqlik ta’minoti tizimini takomillashtirish va issiqlik ta’minoti korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Hujjatga ko‘ra, 2020 yil 1 yanvardan boshlab markazlashgan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun iste’molchilar bilan hisob-kitoblar isitish davrining har bir kuni uchun isitilayotgan 1 kvadrat metr hisobidan kelib chiqib to‘lash tizimiga o‘tkaziladi.

Bundan tashqari, iste’molchilarga issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tariflarni shakllantirish va belgilashda issiqlik ta’minoti korxonalarini rivojlantirish va modernizasiya qilish xarajatlari, shuningdek, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va issiqlik energiyasi tannarxini pasaytirish hisobiga ular tomonidan ko‘rsatadigan xizmatlar tannarxini qoplash mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish hisobga olinadi.

Qaror loyihasida ta’kidlanishicha, aholi uchun issiqlik energiyasi va issiq suv uchun pasaytirilgan tariflarni qo‘llash natijasida kelib chiqadigan zararlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari hisobidan qoplanadi.

Eslatib o‘tamiz, hujjat loyihasi o‘zgartirilishi, to‘ldirilishi yoki rad etilishi mumkin.

Kiritildi: 16:41 09.11.2019. O'qildi: 2267 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!