Bugun 18 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Xitoy Eronga norasmiy ravishda murojaat qildi

Xitoy Eronga norasmiy ravishda murojaat qildi

Xitoy Erondan xusiylarni «jilovlashga» yordam berishni so‘radi — Reuters.

Xitoy Eronga norasmiy ravishda murojaat qilib, Yamandagi xusiylarga ta’sir o‘tkazish va Qizil dengiz hamda Bob-al-Mandab bo‘g‘ozi hududida keskinlikning yanada kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslikni so‘ragan. Bu haqda Reuters uch nafar eronlik manbaga tayanib xabar berdi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Pekin Tehronga Saudiya Arabistoni xusiylarning Qizil dengizi sohili bo‘ylab ilgarilashi fonida Xitoydan yordam so‘raganidan so‘ng murojaat qilgan. Ar-Riyod Bob-al-Mandab bo‘g‘ozi orqali dengiz qatnovi va Saudiya neftini eksport qilishga tahdid yuzaga kelishidan xavotirda.

Reuters manbalari ta’kidlashicha, Xitoy tomoni xusiylarga ta’sir o‘tkazishdan bosh tortilgan yoki bunga qodir bo‘lmagan taqdirda Eronga iqtisodiy choralar qo‘llash bilan tahdid qilmagan.

Pekin o‘z iltimosini qanday yo‘l bilan yetkazgani ham noma’lum. Shuningdek, bu masala 16 sentyabr kuni Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arog‘chining Xitoyga tashrifi chog‘ida muhokama qilingan-qilinmagani ham ochiqlanmagan.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Reuters agentligiga Pekin mintaqadagi keskinlikning Yaman va Qizil dengizga yoyilishidan manfaatdor emasligini hamda diplomatik yo‘l bilan hal etish tarafdori ekanini ma’lum qilgan.

Agentlik manbalariga ko‘ra, Tehron esa mintaqa barqarorligiga erishishni AQSh va Isroilning Eronga qarshi urushi to‘xtatilishi bilan bog‘lagan.

Kiritildi: Bugun 10:36. O'qildi: 596 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!