Gruziya rasmiylari 78 nafar chet el fuqarosini, jumladan, O‘zbekiston fuqarolarini deportasiya qildi.
Bu haqda Gruziya Ichki ishlar vazirligi bu haqda ma’lum qildi.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, Migrasiya departamenti xodimlari Ichki ishlar vazirligining boshqa bo‘limlari bilan birgalikda so‘nggi kunlarda deportasiya qilinishi kerak bo‘lgan xorijiy fuqarolarni aniqlash bo‘yicha bir qator tadbirlar o‘tkazdilar.
Natijada Hindiston, Turkiya, Misr, Rossiya, Ozarbayjon, Turkmaniston, Qozog‘iston, Belarus, Pokiston, O‘zbekiston, Bangladesh, Qirg‘iziston, Efiopiya, Iordaniya, Shri-Lanka va boshqa mamlakatlar fuqarolari Gruziyadan deportasiya qilindi. Mamlakatdan chiqarib yuborilgan o‘zbekistonliklar soni ochiqlanmagan.
Gruziya Ichki ishlar vazirligi qonunga muvofiq, deportasiya qilingan shaxslarning mamlakatga kirishi taqiqlanganligini ta’kidladi.