Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Markaziy Osiyo va Fors ko‘rfazi arab davlatlarining sammiti qoldirildi

Markaziy Osiyo va Fors ko‘rfazi arab davlatlarining sammiti qoldirildi

Joriy yil 5 may kuni Samarqandda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan “Markaziy Osiyo – Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi” ikkinchi sammiti qoldirildi, deb xabar beradi Kazinform.

Ma’lumotni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tasdiqladi.

“Tomonlar o‘zaro maslahatlashuvlar asosida yangi sanani aniqlash ustida ishlashni davom ettirmoqda. Sammitning sanasi va boshqa tafsilotlari keyinroq e’lon qilinadi», — deyiladi TIV bayonotida.

Tadbirda Fors ko‘rfazidagi olti arab davlati, ya’ni Saudiya Arabistoni, BAA, Quvayt, Bahrayn, Ummon, Qatar va Markaziy Osiyo mamlakatlari davlat rahbarlari ishtirok etishi rejalashtirilgan. Sammitga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raislik qilishi kerak edi.

Eslatib o‘tamiz, «Markaziy Osiyo — Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi» birinchi sammiti 2023 yil iyul oyida Saudiya Arabistonining Jidda shahrida bo‘lib o‘tgan edi. Davlat rahbari Qasim-Jomart Toqayev tashrifi chog‘ida global barqaror rivojlanish masalasi bo‘yicha qator muhim tashabbuslarni ilgari surgandi.

Kiritildi: 23:00 02.05.2025. O'qildi: 849 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!