Bugun 8 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa Ittifoqi rahbarlari Orol madaniyat sammitiga oid ko‘rgazma bilan tanishdi

Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa Ittifoqi rahbarlari Orol madaniyat sammitiga oid ko‘rgazma bilan tanishdi

"Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" formatidagi birinchi oliy darajadagi rasmiy uchrashuv yakunlangach, yetakchilar birgalikda Orol madaniyat sammiti ekspozisiyasiga tashrif buyurdilar.

Ko‘rgazmada Orol ekotizimini tiklash, hududning madaniy merosini asrab-avaylash va barqaror rivojlanishiga ko‘maklashishga qaratilgan noyob tashabbuslar namoyish etildi. Bu yerda vizual, sensor va interfaol vositalar orqali Orolbo‘yining tabiiy va madaniy boyligi bilan tanishish mumkin.

Ko‘rgazmadan me’morchilik va landshaft fotografiyasiga ixtisoslashgan mashhur fotosuratchi Ivan Baanning asarlari, Qoraqalpog‘iston uchun xos o‘simlik hisoblangan qamishdan yaratilgan floristik kompozisiya, shuningdek, Orolbo‘yining an’anaviy mahsulotlari - saksovul urug‘i, chig‘anoqlar, tabiiy tuz, quritilgan isiriq, an’anaviy naqshli namat va boshqa ko‘plab eksponatlar o‘rin olgan.

Kiritildi: 16:16 04.04.2025. O'qildi: 611 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!