Bugun 15 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Markaziy bank ogohlantirish bilan chiqdi

Markaziy bank ogohlantirish bilan chiqdi

Finlit.uz onlayn platformasi nomidan ish olib borgan firibgarlar tomonidan o‘zbekistonliklarning pullarini o‘g‘irlash holatlari aniqlandi.

Regulyatorning Finlit.uz portali aholining moliyaviy savodxonligini va ommaboplikni oshirish maqsadida tashkil etilgan. Portal kredit berish, omonat qabul qilish, to‘lovlarni amalga oshirish, pullik moliyaviy maslahatlar berish bilan shug‘ullanmaydi.

«Markaziy bank tomonidan tashkil etilgan moliyaviy savodxonlikni oshirishga doir o‘quv darslari, seminar-trening, mahorat darslari va Finlit.uz ning barcha loyihalari mutlaqo bepul hisoblanadi», – deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, ushbu platforma nomidan sizga moliyaviy xizmatlarni taklif etib yozgan barcha akkauntlar firibgarlarga tegishli.

Kiritildi: 19:45 13.04.2025. O'qildi: 1296 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!