Bugun 8 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Mark Ryutte Tayvan va NATO'ga bir vaqtda hujum qilinishi ehtimolidan ogohlantirdi

Mark Ryutte Tayvan va NATO'ga bir vaqtda hujum qilinishi ehtimolidan ogohlantirdi

"Agar Pekin Tayvanga nisbatan kuch ishlatishga qaror qilsa, Xitoy rahbari Si Jinpin Yevropani chalg‘itish uchun Rossiya prezidenti Vladimir Putindan NATO hududiga hujum qilishni so‘rashi mumkin", — deya fikr bildirdi alyans bosh kotibi Mark Ryutte The New York Times nashriga bergan intervyusida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday ssenariy ehtimoli oshib bormoqda va Pekin hamda Moskvani tiyib turish uchun ikki asosiy chorani amalga oshirish zarur.

"Ulardan biri alyansni kuchaytirish bo‘lib, bu ruslarlarning Yevropaga hech qachon hujum qilmasligi uchun zarur. Ikkinchi chora Hind-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari bilan mudofaa sanoati va innovasiyalar sohasida hamkorlikni kuchaytirishdir", —deya aniqlik kiritdi bosh kotib.

Ryuttening ta’kidlashicha, NATO oldida "ulkan geosiyosiy tahdid" turibdi va bu Rossiya hisoblanadi. "Hozirda Rossiya uch oy ichida NATO'ga a’zo barcha davlatlar bir yilda ishlab chiqaradigan miqdordan uch baravar ko‘p o‘q-dori ishlab chiqaradi", — deya qo‘shimcha qildi u.

Pekin Tayvanni o‘zining “isyonchi provinsiyasi” deb biladi va orol ustidan nazoratni qayta tiklash uchun kuch ishlatishga tayyorligini bir necha bor bildirgan. Shu bilan birga, Tayvan aholisi asosan mamlakatning de-fakto mustaqilligini va demokratik maqomini qo‘llab-quvvatlaydi.

Kiritildi: 15:36 06.07.2025. O'qildi: 768 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!