Dunyo miqyosidagi iqtisodiy inqiroz va pandemiya ta’siriga qaramasdan, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda.
Bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirish uchun 2024 yildan boshlab har yili 100 milliard so‘mdan mablag‘ ajratiladi.
Madaniyat, adabiyot va san’at, ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish bo‘yicha ham katta ishlar amalga oshirildi.
Maqom, Baxshichilik va Askiya san’ati markazlari tashkil etildi. Shuningdek, “Bahor” raqs ansambli, Davlat filarmoniyasi, Davlat simfonik orkestri kabi 20 dan ortiq muassasalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
O‘tgan davrda 11 ta yangi muzey, 2 ta teatr, 28 ta bolalar musiqa va san’at maktabi, 5 ta oliygoh, jumladan, yangi avlod jurnalistlarini tayyorlashda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti tashkil etildi.