Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Manchesterliklar “Real”ning superfutbolchisini olib ketmoqchi

Manchesterliklar “Real”ning superfutbolchisini olib ketmoqchi

“Manchester Yunayted” kelasi mavsum oldidan jamoani jiddiy tarzda kuchaytirishga qaror qilgan. Ma’lumotlarga qaraganda, Ruben Amorim o‘z shogirdlari orasida “Real” yulduzi Federiko Valverdeni ko‘rmoqchi.

Klub xo‘jayinlari ham bosh murabbiyning tanlovini ma’qullayapti. Rahbariyat urugvaylik futbolchi uchun Madrid jamoasiga 100 million yevro to‘lashga tayyorligini bildirdi.

26 yoshli yarim himoyachi bir necha pozisiyada o‘ynay oladigan universal futbolchilardan hisoblanadi. Federiko yuqori jismoniy tayyorgarligini barqaror ushlab tura oladi, o‘ta kuchli va aniq zarbaga ega.

Valverde futbol sir-asrorlarini o‘z yurtida “Penyarol”da o‘rgana boshlagan va 2016 yili “Real” akademiyasi “Kastilya”ga olib kelingan.

Ayni paytda dunyoning eng kuchli yarim himoyachilaridan biriga aylangan Federiko 130 million yevroga baholanmoqda. Shu bois, transfer bo‘yicha ekspertlar manchesterliklar o‘z rejasini amalga oshirishda katta qiyinchilikka duch kelishini aytmoqda.

Kiritildi: 23:24 13.04.2025. O'qildi: 845 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!