Bugun 4 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

"Manchester Yunayted" yulduzi qishda Saudiyaga yo‘l olishi mumkin

"Manchester Yunayted" yulduzi qishda Saudiyaga yo‘l olishi mumkin

Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi "Manchester Yunayted" sardori Brunu Fernandeshni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

TuttoMercatoWeb nashrining xabar berishicha, saudiyaliklar yanvar oyida portugaliyalik yarim himoyachi uchun rasmiy taklif bilan chiqishi mumkin. Ehtimoliy transfer qiymati 55 million yevro atrofida baholanmoqda.

31 yoshli futbolchining "Manchester Yunayted" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyuniga qadar mo‘ljallangan. Biroq hozirda uni uzaytirish bo‘yicha muzokaralar to‘xtatilgan.

Brunu Fernandesh 2020 yilda "Sporting"dan "Manchester Yunayted"ga o‘tgan. Portugaliyalik futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol va 1 ta golli uzatma qayd etdi.

Kiritildi: 19:05 03.11.2026. O'qildi: 236 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!