19 yoshli hujumkor yarim himoyachi Klaudio Echeverri "Manchester Siti"ni tark etishi mumkin.
Insayder Nikolo Skiraning yozishicha, argentinalik futbolchini "Roma" va "Jirona" o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda. Manbaga ko‘ra, yosh iqtidor egasi Italiya klubiga o‘tmoqchi, ammo "Manchester Siti" futbolchini ispan jamoasiga ijaraga berishni ma’qul ko‘radi. Muzokaralar davom etmoqda.
"Manchester Siti" Echeverrini 2024 yil boshida "River Pleyt"dan sotib olgandi, ammo yarim himoyachi "shaharliklar" safiga faqat joriy yilning yanvarida kelib qo‘shildi. Ingliz klubi safida xavbek uchta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urgan.