"Manchester Siti" sport direktori Ugu Viana Abduqodir Husanovning jamoaga olib kelinishi va kelajagi haqida fikr bildirdi.
"Biz uni olib kelganimizda, uning jismoniy xususiyatlari haqida barchamiz bilardik. Uning haqiqatan ham muhim o‘yinchi bo‘la olishiga barchamiz ishonar edik. Ammo bunchalik tez emas, chunki u juda yosh edi, Fransiyada juda qisqa vaqt o‘ynagan edi.
Undan juda xursandmiz. U hali rivojlanishda davom etadi, o‘rganishi kerak bo‘lgan narsalar bor va u, shubhasiz, keyingi 5-6 yil ichida dunyoning eng yaxshi markaziy himoyachilardan biriga aylanadi", – dedi 43 yoshli mutaxassis.