Bugun 22 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

"Manchester Siti" sardorlari ECHLdagi mag‘lubiyatdan so‘ng, muxlislar uchun pul yeg‘ishdi

"Manchester Siti" sardorlari ECHLdagi mag‘lubiyatdan so‘ng, muxlislar uchun pul yeg‘ishdi

"Manchester Siti" Chempionlar ligasi doirasida "Budyo-Glimt"ga qarshi safar o‘yinida mag‘lubiyatga uchradi. Xosep Gvardiola jamoasi Norvegiyada 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Jurnalist Saymon Baykovskining xabar berishicha, "Manchester Siti" sardorlari Norvegiyadagi o‘yinga tashrif buyurgan klubning barcha 374 nafar muxlislariga chipta pulini qaytarib berishga qaror qilgan. "Shaharliklar" yetakchilariga bu deyarli 10 ming funtga tushdi.

"Manchester Siti" sardorlari bunday vaziyatda muxlislar uchun qila oladigan eng kam narsa - xarajatlarni qoplash ekanini ta’kidladi.

Xosep Gvardiola shogirdlari navbatdagi o‘yinni 24 yanvar kuni o‘z maydonida "Vulverxempton"ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 23:43 21.01.2026. O'qildi: 275 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!