Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Manchester Siti" Rodrini "Real" futbolchisiga almashtirishga tayyor

"Manchester Siti" Rodrini "Real" futbolchisiga almashtirishga tayyor

"Manchester Siti" Rodri bilan kelasi yili xayrlashishga tayyor. "Shaharliklar" yarim himoyachisi og‘ir jarohatdan so‘ng o‘zining eng yaxshi darajasiga qayta olmayapti.

Angliya Premyer-ligasi grandi Rodrini "Real"ga qo‘yib yuborishga tayyor, ammo buning evaziga Eduardo Kamavingani qo‘lga kiritmoqchi. Bu haqda Transfer News Live Defensa Central’ga tayanib xabar bermoqda.

"Oltin to‘p" sohibi 29 yoshli Rodri 110 million yevroga baholanmoqda. 22 yoshli Kamavingani esa Transfermarkt portali 50 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 23:41 04.10.2025. O'qildi: 1101 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!