Bugun 21 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

«Manchester Siti»ning transferlardan keyingi 25 kishilik tarkibi ma’lum bo‘ldi

«Manchester Siti»ning transferlardan keyingi 25 kishilik tarkibi ma’lum bo‘ldi

«Manchester Siti» yozgi transfer oynasida Angliya Premyer-ligasining eng faol klublaridan biri bo‘ldi. «Shaharliklar» hatto dedlayn kuni ham birdaniga ikki yirik transferni amalga oshirishga ulgurdi.

Endi bosh murabbiy Enso Mareska ixtiyorida yetarlicha keng tarkib bor. Shu bilan birga, Angliya ichki kuboklarida ayrim yosh futbolchilarga ham imkoniyat berilishi kutilmoqda.

Klaudio Echeverri hali ham «Manchester Siti» futbolchisi sifatida qayd etilgan. Biroq u «Benfika»ga ijaraga o‘tishga yaqin. Portugaliyada transfer oynasi hali yopilmagan.

«Manchester Siti»ning asosiy tarkib qaydnomasi:

Darvozabonlar: Janluiji Donnarumma, Xeronimo Ruli, Markus Bettinelli.

Himoyachilar: Rayan Ayt-Nuri, Keyden Breytueyt, Ruben Diash, Mark Gexi, Yoshko Gvardiol, Abduqodir Husanov, Riko Lyuis, Mateus Nunes, Vitor Reys.

Yarim himoyachilar: Elliot Anderson, Ayyub Buaddi, Rayan Sherki, Enso Fernandes, Fil Foden, Mateo Kovachich, Niko O’Rayli.

Hujumchilar: Allan, Jeremi Doku, Erling Xoland, Rayan Makaidu, Iliman Ndiaye, Antuan Semenyo.

Kiritildi: 17:15 02.09.2026. O'qildi: 758 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!