Bugun 29 may, 2026 yil, juma

КИР

«Manchester Siti»ning bo‘lajak ustozi «Real» futbolchisini jamoaga qaytarmoqchi

«Manchester Siti»ning bo‘lajak ustozi «Real» futbolchisini jamoaga qaytarmoqchi

«Manchester Siti» klubini yaqin orada qabul qilib olishi kutilayotgan Enso Mareska jamoa tarkibini kuchaytirish ishlariga kirishdi.

TEAMtalk nashrining yozishicha, italiyalik mutaxassis klub mutasaddilariga Madridning «Real» klubi vingeri Braim Dias transferini amalga oshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma bergan. Mareska 26 yoshli marokashlik vingerning harakatlarini yuqori baholaydi va uni o‘z rejalariga kiritmoqchi.

E’tiborli jihati, Dias uchun «shaharliklar» begona emas. U futbolchilik faoliyatini aynan Manchester klubi akademiyasida boshlagan va asosiy tarkibda ham bir nechta uchrashuvlarda maydonga tushgan. Biroq 2019 yilga kelib, u 18 million yevro evaziga «qirollik klubi» a’zosiga aylangan edi.

Joriy mavsumda marokashlik futbolchi «qaymoqranglilar» libosida barcha turnirlar doirasida 42 ta bahsda qatnashib, o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 9 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Uning Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining ayni paytdagi transfer qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: Bugun 17:07. O'qildi: 326 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!