Bugun 15 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

«Manchester Siti» mojarosi shaharni 2040 yilgi Olimpiadadan mahrum qilishi mumkin

«Manchester Siti» mojarosi shaharni 2040 yilgi Olimpiadadan mahrum qilishi mumkin

So‘nggi kunlarda «Manchester Siti» atrofida yuzaga kelgan mojarolar butun Buyuk Britaniyani klubga nisbatan qanday yakuniy sanksiyalar qo‘llanishini kutishga majbur qilmoqda.

Biroq bu vaziyatning oqibatlari faqat klubning o‘zi bilan cheklanib qolmasligi mumkin. Mojaro Manchester shahrining 2040 yilgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarini o‘tkazish uchun ariza berish rejalariga ham ta’sir qilishi ehtimoldan xoli emas.

Agar Manchester nomzodlik imkoniyatidan mahrum bo‘lsa, Olimpiadaga mezbonlik qilish uchun Britaniyadan Liverpul nomzodi ilgari surilishi mumkin. Bu holda Liverpul Londondon keyin Olimpiya o‘yinlarini qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan ikkinchi Britaniya shahriga aylanishi mumkin. London esa Olimpiadaga uch marta mezbonlik qilgan.

Manbaga ko‘ra, Buyuk Britaniya hukumati shu paytgacha mamlakat shimolidagi ushbu ikki yirik shahardan qaysi biriga Olimpiada mezbonligi uchun o‘z nomzodini ilgari surish huquqini berish masalasini ko‘rib chiqayotgan edi.

Kiritildi: 06:09 06.10.2026. O'qildi: 733 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!