Bugun 15 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Kelgusi yildan ayrim Xitoy avtomobillari qimmatlashishi mumkin

Kelgusi yildan ayrim Xitoy avtomobillari qimmatlashishi mumkin



2027 yil 1 yanvardan boshlab Xitoy avtomobil eksportchilaridan chet mamlakatda xizmat ko‘rsatish markazlariga ega bo‘lishni talab qilmoqda. Aks holda avtomobil eksportiga lisenziya berilmaydi.

Yangi tartib O‘zbekiston avtomobil bozoriga qanday ta’sir qilishi haqida O‘zbekiston Avtomobil biznesi assosiasiyasi bosh direktori Natalya Orlova Sputnik muxbiriga aytib berdi.

“Ushbu cheklov, birinchi navbatda, O‘zbekistonga alohida shaxslar tomonida olib kelinayotgan brendlarga ta’sir qilishi mumkin. Ayniqsa o‘z servis tarmog‘iga ega bo‘lmagan ayrim qimmat elektromobil brendlariga. O‘z dilerlik markazlariga ega bo‘lgan brendlar uchun hech narsa o‘zgarmaydi”, - dedi mutaxassis.



Ushbu fikrni Changan brendining O‘zbekistondagi direktori Doniyor Talibjanov ham tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra bu, birinchi navbatda, norasmiy importga ta’sir qiladi.

Kiritildi: 19:02 14.10.2026. O'qildi: 911 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!