Bugun 12 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

«Manchester Siti» markaziy himoyachisi «Bavariya»ga yo‘l olishi mumkin

«Manchester Siti» markaziy himoyachisi «Bavariya»ga yo‘l olishi mumkin

«Manchester Siti» himoyachisi Jon Stouns Germaniya chempionatiga ko‘chib o‘tishi mumkin.

«CaughtOffside» nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 31 yoshli angliyalik futbolchini qo‘lga kiritishga «Bavariya» qiziqish bildirmoqda. Myunxen klubi futbolchi «shaharliklar» bilan 2026 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan shartnomasini uzaytirmasligidan va shu orqali uni joriy yozda tekinga qo‘lga kiritishdan umidvor.

Jon Stouns 2016 yilda «Everton»dan «Manchester Siti»ga 55 million yevro evaziga o‘tgan edi. Joriy mavsumda himoyachi «shaharliklar» safida barcha musobaqalarda 13 ta o‘yinda maydonga tushdi va samarali harakatlarni amalga oshirmadi. «Transfermarkt» portali Stounsning qiymatini 18 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 23:38 11.02.2026. O'qildi: 294 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!