Bugun 23 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Ispaniya hakamlar qo‘mitasi Madrid derbisidagi jiddiy xatolikni tan oldi

Ispaniya hakamlar qo‘mitasi Madrid derbisidagi jiddiy xatolikni tan oldi

Ispaniya Qirollik futbol federasiyasi (RFEF) huzuridagi Hakamlar texnik qo‘mitasi (CTA) La Liganing 7-turidan o‘rin olgan «Atletiko» – «Real» uchrashuvida madridliklar hujumchisi Li Kan Inning Federiko Valverdega nisbatan ishlatgan qoidabuzarligi bo‘yicha xulosa chiqardi.

Uchrashuvni Migel Anxel Ortis Aryas bosh hakam sifatida boshqargan.

«Li Kan In Fede Valverdening yugurish yo‘lini to‘sish uchun harakat qiladi. U butsasining tishlari bilan raqib oyog‘iga zarba beradi. Bu bo‘g‘im chiqishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan, jarohat xavfi yuqori harakat edi. Bunday vaziyatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri jarima zarbasi va qizil kartochka belgilanishi kerak edi. Bu hakamning aniq va ochiq xatosi bo‘lgan, VAR vaziyatga aralashishi shart edi», — deyiladi CTA xulosasida.

Uchrashuvdan so‘ng «Real» Valverdega chap to‘piq bog‘lamlarining uchinchi darajali cho‘zilishi tashxisi qo‘yilganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 23:27 22.09.2026. O'qildi: 844 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!