Bugun 6 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

"Manchester Siti"da avgust oyining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

"Manchester Siti"da avgust oyining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

"Manchester Siti" avgust oyining eng yaxshi futbolchisini e’lon qildi. Muxlislar ovoz berish yakunlariga ko‘ra, bu nomga Rayan Sherki sazovor bo‘ldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

23 yoshli markaziy yarim himoyachi ovoz berishda Mark Gexi va Yoshko Gvardiolni ortda qoldirdi.

Sherki yangi mavsumni juda muvaffaqiyatli boshladi. U "Bornmut"ga qarshi uchrashuvda 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan bo‘lsa, "Kristal Pelas" bilan bahsda dubl qayd etdi.

"Manchester Siti" Angliya chempionatining dastlabki ikki turida ham g‘alaba qozondi va turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda.

3-turda Enso Mareska shogirdlari o‘z maydonida "Koventri"ga qarshi o‘ynaydi.

Kiritildi: 23:45 04.09.2026. O'qildi: 679 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!