"Manchester Siti" 31-turdan keyin APLning kuchli to‘rtligiga kira olmadi.
Kecha Pep Gvardiola jamoasi "Manchester Yunayted" bilan durang o‘ynadi (0:0).
"Shaharliklar" 52 ochko bilan 5-o‘rinni egallab turibdi. APL mavsumi tugashiga 7 tur qolganida "Man Siti" peshqadam "Liverpul"dan 21 ochko, "Arsenal"dan 10 ochko, "Nottingem Forest"dan 5 ochko ortda qolmoqda.
4-o‘rindagi "Chelsi" "Manchester Siti"dan 1 ochko oldinda bormoqda. Oltinchi o‘rinda "shaharliklar"dan 2 ochko ortda qolayotgan "Aston Villa," yettinchi o‘rinda 2 ochko ozroq to‘plagan va ikkita zaxira o‘yini bilan "Nyukasl" bormoqda.
"Manchester Yunayted" ochkolarini 38 taga yetkazib, 13-o‘rinda bormoqda.