Bugun 5 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

"Manchester Siti" Chempionlar ligasi uchun 23 futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazdi

"Manchester Siti" Chempionlar ligasi uchun 23 futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazdi

"Manchester Siti" 2026/27 mavsumidagi UYEFA Chempionlar ligasi uchun A ro‘yxatga kiritilgan futbolchilarni ma’lum qildi. Enso Mareska jamoasi asosiy qaydnomaga 23 nafar o‘yinchini kiritdi.

O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov ham "shaharliklar"ning Chempionlar ligasi uchun asosiy ro‘yxatidan joy oldi.

E’tiborlisi, "Siti" A ro‘yxat uchun ruxsat etilgan 25 ta o‘rinning barchasini to‘ldira olmadi. Qaydnomadan hatto jamoaning to‘rtinchi darvozaboni Maks-Edgar Shabo ham joy olganiga qaramay, umumiy futbolchilar soni 23 nafarni tashkil qildi.

"Manchester Siti"ning Chempionlar ligasi uchun A ro‘yxati:

Darvozabonlar: Janluiji Donnarumma, Xeronimo Ruli, Markus Bettinelli, Maks-Edgar Shabo.

Himoyachilar: Vitor Reys, Abduqodir Husanov, Ruben Diash, Mark Gei, Yoshko Gvardiol, Rayan Ayt-Nuri, Riko Lyuis, Mateush Nunesh.

Yarim himoyachilar: Mateo Kovachich, Elliot Anderson, Ayyub Buaddi, Enso Fernandes, Rayan Sherki, Fil Foden.

Hujumchilar: Jeremi Doku, Antuan Semenyo, Iliman Ndiay, Allan Elias, Erling Xoland.

21 yoshli Niko O'Rayli va 18 yoshli Rayan MakEydu esa UYEFA talablariga muvofiq B ro‘yxat orqali musobaqada ishtirok etishi mumkin.

Kiritildi: 16:34 04.09.2026. O'qildi: 995 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!