Bugun 12 iyun, 2026 yil, juma

КИР

«Manchester Siti» «Chelsi» himoyachisi uchun so‘rov yubordi

«Manchester Siti» «Chelsi» himoyachisi uchun so‘rov yubordi

Londonning «Chelsi» klubi qanot himoyachisi Malo Gyusto faoliyatini «Manchester Siti»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Fransiyaning nufuzli L'Équipe nashri xabar tarqatdi.

Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, «Manchester Siti» rahbariyati joriy yozgi transfer oynasida jamoaning o‘ng qanot himoya chizig‘ini kuchaytirish niyatida. Shu sababli «shaharliklar» «aristokratlar»ga 23 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha rasmiy so‘rov yuborgan.

Qayd etilishicha, fransiyalik himoyachi londonliklar tarkibidagi kuchli raqobat tufayli shu yozda klubni tark etishi kutilayotgan futbolchilar ro‘yxatiga kiritilgan. «Manchester Siti» esa vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Malo Gyusto yakunlangan 2025/26 yilgi mavsumda «Chelsi» safida barcha turnirlarda jami 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol va 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.

Ma’lumot uchun, futbolchining «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali fransiyalik himoyachining transfer bahosini 35 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: Bugun 17:43. O'qildi: 188 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!