Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

"Manchester Siti" Abduqodir Husanovni tabrikladi!

"Manchester Siti" Abduqodir Husanovni tabrikladi!

O‘zbekistonlik markaziy himoyachi Abduqodir Husanov 29 fevral kuni tavallud topgan. Bu sana taqvimda faqat kabisa yillarida bor, shuning uchun Husanov 1 mart kuni tabriklarni ko‘proq qabul qiladi. "Manchester Siti" o‘z futbolchisiga 21 yoshga to‘lishi munosabati bilan murojaat qildi.

"Himoya qilish uchun tug‘ilgan. Tug‘ilgan kuning muborak, Abduqodir!" - deyiladi "Manchester Siti" xabarida.

Xabaringiz bor, Abduqodir Husanov qishki transferlar davrida "Lans"dan "Manchester Siti"ga ko‘chib o‘tgan edi. O‘shandan beri hamyurtimiz oltita o‘yinda maydonga tushib, bitta gol ham urgan.

Kiritildi: 18:25 01.03.2025. O'qildi: 3851 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!