Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Manchester Siti" 4 nafar yetakchi futbolchi bilan shartnomani uzaytirish ustida ishlamoqda.

"Manchester Siti" 4 nafar yetakchi futbolchi bilan shartnomani uzaytirish ustida ishlamoqda.

"Manchester Siti" biryo‘la to‘rt nafar muhim futbolchi bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirgan. Gap yarim himoyachilar Rodri va Fil Foden, shuningdek, himoyachilar Yoshko Gvardiol va Jon Stounz haqida ketmoqda. Football Transfers nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "shaharliklar" rahbariyati 4 nafar futbolchi bilan yangi mehnat shartnomalari tuzish ustida ish olib bormoqda.

Stounzning amaldagi kelishuvi kelasi yozda tugaydi, Rodri va Fodenning shartnomasi 2027 yilning yarmigacha, Gvardiolniki esa 2028 yilgacha mo‘ljallangan.

Shanba kuni "Manchester Siti" o‘z maydonida "Byornli"ni qabul qiladi. Premyer-liganing 6-tur uchrashuvlari Toshkent vaqti bilan soat 19:00da start oladi.

Kiritildi: 09:32 27.09.2025. O'qildi: 810 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!