Angliya chempionatining 31-turida "Manchester Yunayted" o‘z maydonida "Manchester Siti" bilan durang o‘ynadi - 0:0. Hamyurtimiz Abduqodir Husanov o‘yinda zaxirada qoldirildi.
"MYu" (38) yana "Tottenxem"ni (37) ortda qoldirib, Premyer-ligada 13-o‘ringa ko‘tarildi.
"Manchester Siti" (52) turnir jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda. Xosep Gvardiola jamoasi "Chelsi"ni (53) ortda qoldirib, to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilish imkoniyatini qo‘ldan boy berdi.