Madridning «Real» jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Ispaniya Superkubogi final o‘yinini «Barselona»ga qarshi zaxira o‘rindig‘ida boshlaydi. Bu haqda The Touchline nashri X ijtimoiy tarmog‘ida Marca'ga tayanib xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, asosiy tarkibda hujumchi Gonsalo Garsiya maydonga tushadi. Eslatib o‘tamiz, 31 dekabr kuni "Qirollik klubi" Mbappeda chap tizza bog‘lamlarining cho‘zilishi aniqlanganini ma’lum qilgan edi.
Ispaniya Superkubogi finali bugun, 11 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Saudiya Arabistonining Jidda shahridagi «Qirol Abdulloh Sports Siti» stadionida o‘tkaziladi.