Bugun 17 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Ma’muriy va iqtisodiy sudlarda xolislik: Eksterritorial sudlov mexanizmi nima beradi?

Ma’muriy va iqtisodiy sudlarda xolislik: Eksterritorial sudlov mexanizmi nima beradi?

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti fuqarolar va tadbirkorlarning iqtisodiy va ma’muriy sudlarga murojaatlari hamda odil sudlovga oid yangi qonunga imzo chekdi.

Sud tizimida hokimliklar yoki boshqa davlat organlarining ma’muriy sudlarga ta’sir o‘tkazish ehtimolining oldini olish maqsadida muhim yangilik joriy etilmoqda. Endilikda fuqaro va tadbirkorlarning huquqlarini xolis himoya qilish uchun eksterritorial sudlov mexanizmi taklif etilmoqda.

🗄 Endilikda agar arizachida sudning xolisligiga shubha tug‘ilsa, u ishni davlat organi joylashgan hududdan boshqa maydondagi sudda ko‘rilishi haqida ariza berishi mumkin. Ariza tushgach, shikoyat avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali inson omili aralashuvisiz boshqa hududga o‘tkaziladi.

🗄 Shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasidagi nizolarda ishni boshqa sudga o‘tkazish taraflarning yozma kelishuviga asosan amalga oshiriladi. Axborot tizimi orqali ish o‘tkazilganda, aynan bir sudni tanlash imkoni bo‘lmaydi (tasodifiy taqsimlanadi).

🗄 Eng muhimi taraflar boshqa hududdagi sudga bevosita bormasdan, videokonferensaloqa xizmatidan foydalangan holda sud majlisida qatnashishlari mumkin.

Ushbu tartib mahalliy davlat organlarining sud jarayoniga bosim o‘tkazish xavfini bartaraf etadi.

Bu fuqarolar va tadbirkorlarda sud qarorlarining adolatli hamda xolis chiqarilishiga bo‘lgan ishonchni keskin oshiradi.

Shuningdek, videokonferensaloqa imkoniyati boshqa hududga borib-kelish bilan bog‘liq ortiqcha vaqt va moliyaviy xarajatlarning oldini oladi.

Kiritildi: 23:40 15.08.2026. O'qildi: 663 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!