2026 yilning birinchi yarmida UzAuto Motors qariyb 83 mingta Cobalt ishlab chiqargan, ammo shundan atigi 41 mingtasi mahalliy xaridorlarga sotilgan.
Ya’ni ishlab chiqarilgan Cobalt’larning bor-yo‘g‘i 49 foizi ichki bozorda sotilgan.
❗️Eng qizig‘i, Cobalt’ga bo‘lgan ichki talab bir yilda qariyb 40 foizga pasaygan.
2025 yil yanvar–iyun oylarida o‘zbekistonliklar qariyb 68 mingta Cobalt sotib olgan bo‘lsa, 2026 yilning shu davrida bu raqam 41 mingtaga tushgan.